Xo‘jaylilik tadbirkorlar bilan muloqot tashkil qilindi
08.09.2023, 17:38

Xo‘jayli tumanidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil qilindi. Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari K.Kudaybergenov va boshqalar bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda keyingi yillari tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash, respublikamizning eksport potensialini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini qayd etdi.
Iqtisodiyotimizning drayveri bo‘lgan tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, “Tadbirkorlar kuni” bayramining belgilanishi, bayram arafasida bir qator faol tadbirkorlarimizning orden va medallar, “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi mamlakatimiz tadbirkorlariga qaratilayotgan yuksak e’tiborning belgisi ekanligini ta’kidlab o‘tib, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlar ham o‘zlarining fikr va takliflarini bildirib, qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
140 turdagi mebel mahsulotlari ishlab chiqarayotgan O’zLiDeP faolining yillik daromadi 11,4 mlrd. so‘mni tashkil etadi
06.10.2023, 14:02
-
Deputatlar tadbirkorlarning takliflarini o‘rgandi
29.09.2023, 15:47
-
Tadbirkorlar muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan o‘rtoqlashdi
22.09.2023, 15:22
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
21.09.2023, 17:22
-
Tajribali tadbirkor olotlik yoshlar bilan uchrashdi
14.09.2023, 11:37
Fikringizni qoldiring