“Ayollar – innovatsion rivojlanish tarafdori” loyihasi doirasida mahorat darsi tashkil etildi
26.09.2023, 16:56

O'zLiDePning “Ayollar – innovatsion rivojlanish tarafdori” loyihasi xotin-qizlarning yangi bilimlarini o‘zlashtirishi va ularning intellektual salohiyatini oshirish, ilmiy ishlarga yanada keng jalb qilish, innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish, ularni mamlakat iqtisodiyotiga joriy etish sohasida faoliyatini jadallashtirishga qaratilgan .
Mazkur loyiha doirasida navbatdagi mahorat darsi - partiya Zafarobod tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi faollari tashabbusi bilan "Chelebi Textil" MChJda tashkil etildi.
Ayollar va erkaklar kiyimlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mazkur korxona ish boshlaganiga bir yildan oshdi. Hozirda bu yerda 190 nafar qishloq ayollari doimiy ish bilan ta’minlangan.
Tadbirda O'zLiDeP Zafarobod tuman Kengashi apparat rahbari Sardor Abirqulov, partiya tuman Kengashi raisining Ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shohida Mavlonova, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida sohaga innavatsion texnologiyalarni jalb qilish, qishloq joylarda xotin-qizlarning tashabbuskorligini oshirish borasida so‘z yuritildi. Kelgusida o‘z biznes loyihasini amalga oshirish ishtiyoqida bo‘lgan xotin-qizlarni partiyaviy vositalar bilan har tomonlama qo‘llab – quvvatlanishi ta’kidlab o‘tildi.
O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
Matbuot markazi
O'xshash yangiliklar
-
Xotin-qizlarimiz mehnat qilishi uchun munosib sharoitlar yaratib berilmoqda
28.11.2023, 15:46
-
Partiya “Ayollar qanoti” vakillari oilaviy tadbirkorligini boshlagan tadbirkor xonadonida bo‘ldi
27.11.2023, 18:04
-
Ohangaron tumanida O’zLiDeP Ayollar qanoti bog‘i barpo etildi
27.11.2023, 18:00
-
Xotin-qizlar mehnat qilayotgan tadbirkorlik sub’ekti faoliyati bilan tanishildi
27.11.2023, 17:57
-
Ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitilmoqda
27.11.2023, 11:16
Fikringizni qoldiring