Onkologik kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish lozim
29.09.2023, 15:50

Jarqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi “Ayollar qanoti” vakillaridan viloyat kengashi deputati Gulbahor Tangirova, onkogenekolog Shoira Bo‘tayeva, akusher-ginekolog Dilbar Jumayevalar bilan hamkorlikda “O’zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha islohotlarda belgilab berilgan “Xotin-kizlar o‘rtasida onkologik kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish masalalari” mavzusida xotin-qizlar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.
Jumladan, deputat mamalakatimizda onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va sifatini oshirish aholimiz, ayniqsa, xotin-qizlar orasida onkologik kasalliklarningkelib chiqish sababalari va uni oldini olish yo‘llari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, akusher-ginekolog Dilbar Jumayeva videokolkoskop nomli bachadon bo‘yni va ichki shilliq qavatlar va rak oldi kasalliklarini aniqlashda ishlatiladigan zamonaviy apparatlar bugungi kunda viloyatimizga keltirilib, xotin-qizlarimizni salomatligida bo‘layotgan o‘zgarishlarni erta aniqlash choralari ko‘rilayotganini aytib o‘tdi.
Suhbat davomida soha mutaxassislari xotin-qizlaring qiziqtirgan savollariga javob berishdi va o‘z salomatligini asrash har birmizning qo‘limizda ekanligini ta’kidlashdi.
O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Partiyaning qutlug‘ yoshini nishonlash tadbirlari xayrli ishlarga ulanib ketdi
30.11.2023, 11:10
-
Bunyodkorlik, bosh reja va sifat nazorati muhim
30.11.2023, 10:48
-
Axborot texnologiyalari: yoshlar uchun madad va rag‘bat
30.11.2023, 10:02
-
Murojaatlar ortida inson taqdiri bor
30.11.2023, 09:58
-
O’rganish, izlanish va natija
30.11.2023, 09:50
Fikringizni qoldiring