“Yangi avlod kadrlari” loyihasi amalda

04.10.2023, 14:51

“Yangi avlod kadrlari” loyihasi amalda

Namangan muhandislik qurilish institutida O'zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi. Unda oliygohning bir guruh faol talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirni institut yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Odiljon Jakbarov boshlab berdi. U “O’zbekiston -2030” strategiyasiing birinchi ustuvor yo‘nalishida har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlarni yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalarga e’tiborni qaratdi. Institutda bu borada amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiot ishlari, talabalarning bu jarayonlardagi ishtiroki, eng yuqori natijalarga erishgan faol yoshlar haqida so‘z yuritdi.

Partiya viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Eldorbek Jo‘rayev va “Yoshlar parlatenti” a’zosi Diyorbek Soataliyevlar esa “Yangi avlod kadrlari” loiyhasi, undan ko‘zda tutilgan maqsad haqida tushuncha berdilar. Shuningdek, ular ushbu loyihada faol ishtirok etib, “Yangi avlod kadrlari” zahirasiga olingan a’lochi, tashkilotchi, tashabbuskor yoshlarni misol keltirdilar.

Davra suhbati qizg‘in tusga kirdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Ularning bu savollariga partiya vakillari atroflicha javob qaytardilar.

Bir guruh talabalar esa ushbu loyihadan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, kelgusida unda faol ishtirok etish va partiya a’zosi bo‘lish istagini bildirdilar.

  • Ko'rildi
    164
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+