O’zLiDePdan 100 loyiha: «Parlamentda yoshlar o‘rni» loyihasi doirasida yoshlar bilan muloqot qilindi

09.10.2023, 14:23

O’zLiDePdan 100 loyiha: «Parlamentda yoshlar o‘rni» loyihasi doirasida yoshlar bilan muloqot qilindi

Xabaringiz bor, O’zLiDeP Yoshlar qanoti tashabbusi bilan «Parlamentda yoshlar o‘rni» loyihasi tashkil etilmoqda.

Loyiha doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlar ishtirokida O’zLiDePning g‘oyaviy maqsadlari, yoshlarni huquqiy bilimlarini yanada oshirish va ularning intellektual salohiyatining o‘sishga ko‘maklashishga qaratildi.

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i, Yoshlar parlamenti Raisi o‘rinbosari O.Sobitov Partiya saylovoldi platformasida belgilangan vazifalar hayotga tatbiq qilinayotganligi, partiya tizimida istiqbolli yosh kadrlar zahirasi shakllantirilishi, yoshlarda qonunchilik tashabbusi ruhi ortishiga alohida ahamiyat berildi.

Shuningdek, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba yoshlari tomonidan bugungi kunda siyosiy partiyalarning o‘rni va mohiyati, Parlamentdagi islohotlar yuzasidan fikrlar tinglandi.

  • Ko'rildi
    103
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+