Izboskan tumanida gaz ta’minoti qanday?

19.10.2023, 15:38

Izboskan tumanida gaz ta’minoti qanday?

Xalq deputatlari Izboskan tuman kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik  guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman gaz ta’minoti rahbari R. Bo‘ronovning  axboroti eshitildi.

Qayd etishicha, tumanda 63 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hududlarda istiqomat qiluvchi aholi xonadonlari suyultirilgan gaz bilan ta’minlanib kelmoqda. Suyultirilgan gazdan foydalanayotgan 40 004 ta iste’molchi bor. Ularga 2023 yilning 9 oyi davomida 5487,690 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilib, amalda esa 4478.620 tonna (82 foiz) yetkazilgan.

Oktabr oyida bu reja 572,23 tonna etib belgilangan (1 kunlik reja  18,459 tonna). Oyning 16 kunida iste’molchilarni ushbu mahsulot bilan ta’minlash  95 foizga bajarildi. Bunda “Izboskantumangaz”ning 7 ta maxsus transport vositasi xizmatga shay.

Aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz yetkazib berilishi bilan bir qatorda undan xavfsiz foydalanish bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalar va targ‘ibot ishlari ham olib borilmoqda.

 

  • Ko'rildi
    106
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+