Qish mavsumiga tayyorgarlikning real holati o‘rganildi

02.11.2023, 17:08

Qish mavsumiga tayyorgarlikning real holati o‘rganildi

Shu kunlarda Toshkent viloyatining barcha hududlarida O’zLiDeP tashabbuskorligida partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining “Fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan hududlar kesimida jamoatchilik nazorati o‘tkazish bo‘yicha rejasi”ga muvofiq qish mavsumini betalofat o‘tkazish, bu boradagi muammolarni o‘rganish va bartaraf etish maqsadida jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Angren shahrida tashkil etilgan navbatdagi jamoatchilik nazorati tadbirlarida ham dastlab shahardagi “Angren shahar faqulotda vaziyatlar bo‘limi”,  “Hududgaz ta’minot” AJ, “Elektr tarmoqlari”, “Suv ta’minot”, “Uztelekom”,  Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati mutasaddilaridan tarkib topgan, 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumini betalofot o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan maxsus shtabning faoliyati bilan tanishildi.

Ijtimoiy soha ob’ektlari bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, poliklinikalar, ko‘p qavatli turar joylar va ularga servis xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarda bo‘lib, qish mavsumiga tayyorgarlikning real holati o‘rganildi.

Xususan, ishchi guruh vakillari ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi servis korxonasi, poliklinika, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida hudud aholisi bilan suhbatlashib, xonadonlar va ijtimoiy ob’ektlardagi qishga tayyorgarlik, elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, ichimlik suv ta’minoti, ko‘mir zaxirasi, sanitar-gigiyenik holat bo‘yicha ayni paytdagi vaziyatni o‘rganishdi.

Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari, uy-joy fondi va ijtimoiy soha muassasalarini mavsumda barqaror ishlashga tayyorlash, aholini o‘z vaqtida sifatli elektr energiya, tabiiy gaz, toza ichimlik suvi kabi zaruriy manbaalar bilan ta’minlovchi soha rahbarlarining kommunal xizmat sifatini oshirish masalalari bo‘yicha takliflari ham olindi.

O’rganishlar mobaynida ijtimoiy ob’ektlardagi tabiiy gazga mo‘ljallangan qozonxonalarning uzluksiz ishlashini ta’minlashda gaz ta’minotidan uzilishlar yuzaga kelganida, o‘tin hamda ko‘mir mahsulotlaridan foydalangan holda ishlatish masalalari ham muhokamadan o‘tkazilib, ayrim muassasalarda ko‘mir mahsulotlarini saqlash xonalarini tashkil etish choralari ko‘rildi.

Aytish joizki, bugun joylarda olib borilayotgan o‘rganish ishlari aholining og‘irini yengil qilish, sovuq kunlarda ularni qiynashi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish, qish mavsumini betalofat o‘tkazishda katta rol o‘ynaydi.

Aholining bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashini ta’minlashga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Noshkent viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    114
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+