Ishchi guruh vakillari IT sohasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini muhokama qildi

14.11.2023, 16:47

Ishchi guruh vakillari IT sohasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini muhokama qildi

“O’zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlar ijrosini ta’minlash hamda ta’sirchan jamoatchilik nazoratini sifatli amalga oshirishda jamoatchilikning o‘rni va ahamiyati muhim.

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi strategiyada belgilangan vazifalar ijrosi doirasida partiya ishchi guruhlari tomonidan turli yo‘nalishdagi tadbirlarni tashkil qilmoqda.

Xususan, Respublika ishchi guruh yig‘ilishida bevosita Raqamli texnologiyalari vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligining mas’ul vakillarining sohada amalga oshirilgan ishlar tahlili, sohadagi yutuqlar va istiqboldagi rejalar hususida fikr almashildi.

Stategiyaning 33-maqsadida IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash, maktab o‘quvchilarini xalqaro IT bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarga o‘rgatish, “Bir million dasturchi” loyihasini kengaytirish va har yili 15 ming nafar eng iqtidorli yoshlarni nufuzli xalqaro kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlashga qaratilgan asosiy vaziflarni amalga oshirish belgilab berildi.

Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida fikrlashib olindi, o‘zlarining aniq chora-tadbir rejasi ishlab chiqildi.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    113
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+