Ishchi guruh tomonidan oilaviy poliklinikalarda isitish tizimi tayyor emasligi aniqlandi

10.11.2023, 16:58

Ishchi guruh tomonidan oilaviy poliklinikalarda isitish tizimi tayyor emasligi aniqlandi

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining “O’zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O’zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zLiDePning uzoq muddatli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ishchi guruhlar shakllantirildi. Unga muvofiq, bir qator partiyaviy loyihalar, nazorat tahlil tadbirlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Ishchi guruh vakillari Payariq tumanida “O’zbekiston - 2030” strategiyasining Aholi salomatligini ta’minlash yo‘nalishida belgilangan barcha maqsadlarning ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi mas’ullari, ishchi guruh a’zolari va  viloyat, tuman Kengashi deputatlari tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O’rganishlar davomida tibbiyot birlashmasidagi belgilangan dorilarning saqlanish holati, onalar va bolalarni sog‘ligini ta’minlash borasidagi qilinayotgan ishlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Shifokorlar va aholi vakillari bilan bevosita muloqotda bo‘lib, ularning takliflari va fikrlari tinglandi. Bugungi kunda tumandagi tibbiyot birlashmasiga yangi bino qurilgan bo‘lib, 460 o‘ringa moslashtirilib, 263 ming aholiga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, ishchi guruh a’zolari 21 - poliklinika tibbiyot birlashmasiga qarashli “Xalqabod” oilaviy shifokorlik punkiti bilan tanishdi. Mazkur poliklinikada 11 nafar shifokor va 31 nafar hamshiralar  14 mingta aholiga xizmat ko‘rsatadi.  Ishchi guruh tomonidani dorilar saqlanish va tarqatilish holati o‘rganilganda 120 turdagi dorilar belgilangan bo‘lsada 63 turdagi dorilar borligi va ushbu dorilarni tarqatilishi bo‘yicha birorta hujjat rasmiylashtirilmaganligi e’tirozga sabab bo‘ldi. “Xalqabod” oilaviy shifokorlik punkiti xonalari esa isitish tizimidagi nosozlik holati qayd etildi.

Ishchi guruh a’zolari o‘rganishlari davomida mavjud muammolarni aniqlab, ularning yechimi bo‘yicha tuman mutasaddi rahbarlariga ko‘rsatmalar berdi. Ushbu holatlar viloyat va tuman deputatlari tomonidan nazoratga olindi.

Nodir To‘rayev,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    141
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+