Qashqadaryoda oilaviy tadbirkorlar faoliyati o‘rganilmoqda

13.12.2023, 16:59

Qashqadaryoda oilaviy tadbirkorlar faoliyati o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tomonidan Prezidentimizning joriy yil  31 yanvaridagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori  ijrosini ta’minlash maqsadida Koson tumanida kichik biznes va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlar daromadli ish bilan band qilish borasida ishlar o‘rganilmoqda. 

Ishchi guruhi a’zolari tumandagi Yangiobod mahallasida joylashgan “NYeW MYeGA GOLD BIZNYeS” mas’uliyati cheklangan jamiyati a’zolari bilan muloqot qilishdi. Mazkur jamiyatda 15 nafar yoshlarning bandligi ta’minlangan bo‘lib, o‘ttizga yaqin turdagi mebel mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Tadbirkor mahalla aholisining barcha buyurtmalarini bajarib, ularni tuman markaziga borib, qimmatli vaqti va mablag‘ini yo‘qotishga chek qo‘ydi.

Oilaviy tadbirkorlar Odil Narzullayev hamda Salima Jumanazarovalarning qandolatchilik  faoliyati ham ishchi guruh a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. Bu yerda pazanda qizlar turli tort va pishiriqlar,  novvot, parvarda  kabi o‘nlab shirinliklarni ishlab chiqarishib, tuman bozorlari va do‘konlariga jo‘natishayapti. Yangiobodlik oilaviy tadbirkorlar soni kun sayin ortib bormoqda. Joriy yilda mahallada 35 ta kichik biznes va tadbirkorlik sub’ekti tashkil etilib, 345 nafar fuqaro ishga joylashtirilgan. 8 ta loyiha yangidan shakllantirilgan, 292 nafar fuqaro o‘zini-o‘zi band qilgan. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi orqali 49 nafar fuqaroga imtiyozli 1 mlrd. 70 million so‘m imtiyozli kredit ajratilgan. “20 mingta tadbirkor 500 ming malakali ishchi” dasturi asosida 6 ta tadbirkorlik sub’ektiga sertifikat shakllantirilgan.

- Kosonda azaldan tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, yaxshigina daromad topib kelayotgan minglab oilalar bor, - deydi  viloyat kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Ibrohim Xalilov. – Keyingi yillarda ularning soni keskin ortganligi guvohi bo‘layapmiz. Tuman aholisi bandligi va farovonligi oshirish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida o‘tgan 11 oy mobaynida 3862 nafar fuqaroga 74,8 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan.  Moliyaviy ko‘mak olgan fuqarolar o‘z oilalarida chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, issiqxona xo‘jaligi, tikuvchilik, hunarmandchilik bilan shug‘ullanib, ro‘zg‘orlariga baraka kiritishayapti. 330 nafar xonadon egalari 7.4 mln so‘mlik kredit evaziga  artezian quduqlari qazdirishib, tomorqa xo‘jaligini yo‘lga qo‘yishib, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishayapti. 

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Arziqul Sherov, viloyat kengashi deputatlari Ibrohim Xalilov, Nilufar O’taganovalar tumandagi mahallalarda  bo‘lishib, issiqxonada sitrus mevalar, sabzavot mahsulotlari yetishtirish, parrandachilik, hunarmandchilikni rivojlantirish orqali mahalladoshlari bandligini ta’minlab kelayotgan ishbilarmonlarning faoliyati bilan tanishdilar. Ularni qiynayotgan muammolar o‘rganilib, zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga so‘rovlar yuboriladigan bo‘ldi. Ishchi guruhi tomonidan oilaviy tadbirkorlik faoliyatini o‘rganish davom etmoqda.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    93
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+