Qo‘ng‘irotlik deputatlarimiz “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol qatnashyapti

08.11.2023, 17:08

Qo‘ng‘irotlik deputatlarimiz “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol qatnashyapti

Xabaringiz bor, 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilindi. Bu mavsumda respublika bo‘yicha  85 million tup ko‘chat ekilishi mo‘ljallangan. Mamlakatimizda "Yashil makon" umum milliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlardan asosiy maqsad  joylarda  yashil maydonlarni ko‘paytirish, ekologik  sharoitni yaxshilashdan iborat.

«O’zbekiston - 2030» strategiyasida ham  Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 200 mln tup manzarali, mevali daraxt va butalar ko‘chatlari hamda qalamchalarini ekish, Orol dengizining qurigan tubida “yashil qoplamalar” himoya o‘rmonzorlari barpo etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Bu borada respublikamizning har bir hududlarida ona tabiatimizni yashillik va tabiiylik bilan boyitish maqsadida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida Qo‘ng‘irot tumanidagi «Turkiston» MFY hududida tashkil qilingan «Hokimlik bog‘i» da tuman ahli va keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda seminar tashkil qilindi. Loyiha doirasida joriy yilgi kuz faslida 400 mingdan  ziyod dekorativ va mevali ko‘chat navlarini ekish belgilangan. Hududning iqlim sharoiti va yerning hosildorligidan kelib chiqib, qurg‘oqchilikka chidamli ko‘chatlarni ekishga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd qilindi.

Seminarga tuman hokimi, mutasaddi tashkilot vakillari, siyosiy partiyalardan saylangan deputatlar, yoshi ulug‘ nuroniy faxriylarimiz va keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.

Ko‘chat ekish ishlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi, deputat Sharapat O’temisov ham qatnashdi. Mazkur loyiha doirasidagi  ishlarda Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari ham faollik ko‘rsatmoqda. Loyiha doirasida hududlar turli chiqindilardan tozalanib tut va katalpa ko‘chatlari o‘tkazilayapti.

"Yashil makon" umum milliy loyihasi doirasidagi atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, mevali va manzarali  daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari tuman miqiyosida davom etmoqda.   

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    143
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+