O’zLiDeP 20 yilligiga bag‘ishlab sport musobaqalari o‘tkazilmoqda

09.11.2023, 16:55

O’zLiDeP 20 yilligiga bag‘ishlab sport musobaqalari o‘tkazilmoqda

Qorovulbozor tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida O’zLiDeP tashkil etilganligining 20 yilligi munosabati bilan maktabning pedagogik jamoasi, quyi bo‘g‘in faollari va “Ayollar qanoti” guruhi a’zolari  ishtirokida “Sport- sog‘lik garovi” shiori ostida voleybol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Qiziqarli va murosasiz musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlarga partiya tuman Kengashi hamda hamkor tashkilotlarning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bunday sport musobaqalarini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad-  aholi ayniqsa, xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish,  ularni sport mashg‘ulotlariga keng jalb qilish orqali salomatligini  mustahkamlashdan iboratdir.

Shuningdek, sportning futbol turi bilan muntazam ravishda shug‘ullanish ham Buxoro neftni qayta ishlash zavodida faoliyat olib borayotgan BPT a’zolarining ham asosiy maqsadiga aylangan. Futbol bo‘yicha o‘tkazilgan respublika bahslarida ushbu korxonaning jamoasi g‘oliblikka erishib, yarim final bahslariga yo‘llanma oldi. Jamoaning yarim final bahslariga yo‘llanma olgani esa muntazam ravishda o‘tkazilgan sport mashqlarining amaliy natijasi ekanligidan dalolat beradi.

  • Ko'rildi
    71
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+