Romitanda oilaviy tadbirkoorlikni rivojlantirish dasturlarining ijrosi qay ahvolda?

10.11.2023, 16:56

Romitanda oilaviy tadbirkoorlikni rivojlantirish dasturlarining ijrosi qay ahvolda?

Ma’lumki, O'zLiDePning Buxoro viloyat, tuman, shahar Kengashlari huzurida tashkil etilgan ishchi guruhlari tomonidan joylarda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doir amalga oshirilayotgan ishlar jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganib chiqilmoqda.

Ana shundan o‘rganishlardan biri partiya Romitan tuman Kengashi huzuridagi ishchi guruhi tomonidan amalga oshirildi.

O’rganishlar davomida 2023 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘larni maqsadli ishlatilishi, ularning yagona elektron platformasi orqali mablag‘larning ajratilishi, haqiqiy ehtiyojdan hamda moliyalashtirish taklif etilayotgan loyihalarning istiqboli va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda, ajratilayotgan mablag‘larni vakolatli banklar va hududlar kesimida tezkor qayta taqsimlanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan muammo va kamchiliklar mahalliy Kengashdagi O'zLiDePdeputatlik guruhi yig‘ilishida muhokama etilib, tegishli masala xalq deputatlari tuman Kengashining joriy yil 6 noyabrida o‘tkazilgan navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritildi.

Sessiya yig‘ilishida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida tumanda olib borilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimi birinchi o‘rinbosari A.Ochilovning hisoboti tinglandi.

Ta’kidlanganidek, tumanni ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, hududlar infratuzilmasini takomillashtirish, ehtiyojmand aholi qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, jumladan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tumanda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida jami 117, 0 mlrd.so‘m ajratish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda Xalqbank, Agrobank hamda Mikrokreditbankning tuman bo‘limlari tomonidan 90, 1 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 1803 nafar xotin-qizlarga 48,1 mlrd.so‘m hamda yoshlarning 1129 nafariga 31, 2 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan.

Shu kungacha oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida tumanda 3258 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Sessiya yig‘ilishida ba’zi bir muammolarni, jumladan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar bo‘yicha yuzaga kelgan muammoli (NPL) kredit qarzdorlikni belgilangan muddatlarda qoplash yuzasidan aniq amaliy ishlarni bajarish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachi asoslantirilgan misollar orqali javob qaytardi.  

Sessiya yig‘ilishida muhokama etilgan masalalar bo‘yicha ham tegishli qarorlar qilindi.

  • Ko'rildi
    85
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+