Partiya faollari va deputatlar ko‘chat ekish aksiyasida faol qatnashmoqda

22.11.2023, 16:15

Partiya faollari va deputatlar ko‘chat ekish aksiyasida faol qatnashmoqda

Ko‘chat ekish, obodonlashtirish azaliy udumlarimizdan biri bo‘lib, insonlarni ahil jamoa bo‘lib mehnat qilishga, qolaversa, Vatan oldidagi burchni sidqidildan his etishga o‘rgatadi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimizning barcha hududlarida ko‘chat ekish va bog‘lar tashkil etish ishlari qizg‘in pallaga kirdi.

Ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi uchun qulay mehnat va dam olish sharoitlarini yaxshilash, atrof muhit musaffoligiga erishish mazkur loyihadan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad bo‘lib hisoblanadi.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi raisi, Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov boshchiligida partiya faollari, mahalliy Kengash deputatlari, universitet professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlari tomonidan Buxoro davlat universiteti hududiga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 500 tupdan iborat mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Shu kuni universitetning Buxoro shahri, Buxoro va G’ijduvon tumanlaridagi o‘quv muassasalarida hamda Qorako‘l akademik litseyi hududlarida ham O‘zLiDeP faollari bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosini ta’minlash maqsadida jami 2200 ta mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Mavsum oxirigacha hammasi bo‘lib 4300 tup ko‘chatlar o‘tqazish ko‘zda tutilgan.

  • Ko'rildi
    91
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+