Chekka hududlar aholisi uchun bepul tibbiy ko‘riklar tashkil qilindi

29.11.2023, 15:17

Chekka hududlar aholisi uchun bepul tibbiy ko‘riklar tashkil qilindi

O’zLiDeP Buxoro viloyati va shahar kengashlari hamda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan shahardagi 1-oilaviy poliklinikada bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Chuqurlashtirilgan bepul ko‘rik davomida ushbu hududdagi Ko‘kaldosh, Ismoil al Buxoriy, Hamid Olimjon, Fitrat, Jalol Ikromiy, Turki Jandiy singari bir qator MFYlarda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan, ko‘p bolali oilalar, shuningdek “Temir daftar” va “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslardan ko‘pchiligi tibbiy muolajalardan o‘tkazilib, ularga tegishli tavsiya va maslahatlar berildi .Bir qator bemorlar esa poliklinika huzuridagi kunduzgi shifoxonada davolanadigan bo‘lishdi .

Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan zamonaviy ko‘chma avtobusda o‘rnatilgan momografiya apparatlari ham shu kuni bir qator ayollar xizmatida bo‘ldi. Ularga aniq tashhislar qo‘yildi. Boshqa bir ko‘chma avtobusdagi zamonaviy rentgen asbob–uskunalari, EKG va UZI apparatlari yordamida ham turli kasalliklarga chalingan fuqarolarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatildi .

 Tibbiy ko‘rik davomida poliklinika shifokorlari qabulida bo‘lgan kishilardan birortasi ham e’tiborsiz qoldirilganligi yo‘q. Umuman, bu yerda yaratilgan zarur shart-sharoitlar va davolash jarayonlari yurtimiz tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga muhim hissa bo‘lib qo‘shilmoqda .

Tadbir davomida “Sog‘lom avlod uchun” fondi viloyat bo‘limi tomonidan turli yoshdagi 120 nafardan ziyod fuqaroga 8 turdagi jami 3 million 225 ming so‘mlik shifobaxsh dori–darmonlar hamda bir qator sanitariya–gigiyena vositalari tarqatildi. E’tiborlisi, yurak-qon tomirlari, buyrak, o‘pka, jigar xastaliklari va boshqa bir qator surunkali kasalliklarning oldini olish va davolashda ularning ahamiyati beqiyosdir.

Shu kuni malakali shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari nogironligi bor kishilar xonadonlarida ham bo‘lib, o‘zlarining shirin so‘zlari va dori–darmonlari bilan ularning kuchiga kuch, umrlariga umr qo‘shdilar.

  • Ko'rildi
    98
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+