Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!

01.12.2023, 14:26

Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!

O’zLiDeP Zomin tuman Kengashi tashabbusi bilan Yoshlar ishlari Agentligi tuman bo‘limida Asosiy Qomusimiz qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan “«Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!»  deb nomlangan ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda partiya viloyat Kengashi xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari hamda tumandagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.

Muloqot davomida Prezidentimizning 2023 yil 16 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyatiga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.  

Ta’kidlanganidek, 2023 yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida xalqimiz o‘zining yuksak siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashini namoyon etib, yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. 65 foizga yangilangan Bosh qomusimiz  joriy yil 1 maydan e’tiboran kuchga kirdi. Bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi.

Tadbirda so‘z olganlar Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratganini alohida ta’kidladilar.

Primqul Nurmatov,

 O’zLiDeP Zomin tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    363
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+