Yangilangan Konstitutsiya - huquq va erkinliklarimiz kafolati

07.12.2023, 16:01

Yangilangan Konstitutsiya - huquq va erkinliklarimiz kafolati

O’zLiDeP va O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashlari hamkorligida Buxoro davlat universitetida ushbu oliy o‘quv yurti talaba yoshlari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Uni universitet rektorining o‘quv ishlari bo‘yicha  prorektori Rustam Jumayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Davra suhbatida so‘z olgan partiya viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari B.Ochilov Konstitutsiyada xalqimiz huquq manfaatlari o‘z ifodasini topganini, ushbu muhim hujjat Konstitutsiyaviy qonun loyihasi tarzida umumxalq muhokamasida qo‘yilganligini, shundan so‘ng mamlakatimizda umumxalq referendumi o‘tkazilib Yangilangan Konstitutsiya bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan qabul qilinganligini hamda 2023 yilning 1 may kunidan boshlab qonuniy kuchga kirganini aytib o‘tdi.  

Davra suhbati ishtirokchilari O’zbekiston yoshlar ittifoqi  viloyat Kengashi bo‘lim boshlig‘i S.Axatovning yoshlar ittifoqi faoliyatiga oid bergan ma’lumotlari bilan ham tanishtirildilar. Qayd etilganidek Konstitutsiyamizning 35 foizi  yangi normalar bilan to‘ldirilganligi hech shubhasiz mamlakitmiz yoshlarining bugungi va ertangi hayoti yanada farovon bo‘lishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Talaba yoshlar shuningdek, Yangilangan Konstitutsiyadan o‘rin olgan ijtimoiy davlat, “Inson- jamiyat - davlat” tamoyili, Parlamentning yuqori va quyi palatalari, siyosiy partiyalarning fraksiyalari, Prezident, Oliy Majlis va mahalliy Kengashlarga o‘tkaziladigan saylovlar bo‘yicha ham to‘liq tushunchalarga ega bo‘ldilar.

Davra suhbati ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga tashkilotchilar tomonidan  batafsil javoblar  berildi. 

  • Ko'rildi
    132
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+