Yangilangan Konstitutsiya – farovon kelajagimiz poydevori

07.12.2023, 16:36

Yangilangan Konstitutsiya – farovon kelajagimiz poydevori

Ayni kunlarda O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan mahallalarda, korxona va tashkilotlarda, ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan bir qator madaniy-ma’rifiy, targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Mahalliy Kengash deputatlari, partiya “Yoshlar qanoti” faollari, professor o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirokida tashkil etilgan “Yangilangan konstitutsiya – farovon kelajagimiz poydevori” deb nomlangan ana shunday tadbirlardan biri – O’zbekiston Milliy Universiteti Jizzax  filialida ham tashkil etildi.

Tadbir davomida Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizdagi Oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik berilishi, tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy ma’lumot olinishi, nodavlat ta’lim tashkilotlari qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risidagi qoidalar haqida atroflicha so‘z yuritildi. Yangi O’zbekistonda o‘qish, ishlash, o‘z iqtidorini namoyon qilaman degan yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar aytib o‘tildi. Yoshlarga bo‘lgan bu e’tiborni birgina Jizzax viloyati misolida ham ko‘rish mumkin. Ayni paytda  Jizzaxda 5 ta Oliy ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Ulrada minglab yoshlarimiz o‘zlari tanlagan sohalarning sir-asrorlarini mukammal egallashga harakat qilmoqdalar.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv davomida tashkilotchilar talaba yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytardilar.

Sirojiddin Ahmatov,

 O'zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi

“Yoshlar qanoti” guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    73
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+