Kam ta’minlangan oila xotin-qizlari uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

07.12.2023, 17:53

Kam ta’minlangan oila xotin-qizlari uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Ayni kunlarda O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi  tomonidan Asosiy Qomusimiz qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan turli xil yo‘nalishdagi madaniy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Partiya  viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan Jizzax shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida qutlug‘ sana munosabati bilan “Sog‘lom oila-mustahkam oila!” loyihasi doirasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

- Yangilangan Konstitutsiyamizda O’zbekiston  - ijtimoiy davlat, deb e’lon qilingan, - deydi O’zLiDeP Jizzax viloyati Kengashi  “Ayollar qanoti” guruhi rahbari Saida Umaraliyeva. – Bugun tashkil etilgan bepul tibbiy ko‘rik ana shu tamoyilning amaldagi ifodalaridan biridir.

Chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik davomida ushbu hududdagi Sangzor, Zilol, Navoiy, Ittifoq MFYlarda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, ehtiyojmand, uyda o‘tirgan, yosh bolali 36 nafar xotin-qizlar qamrab olindi.

Tibbiy ko‘rik davomida poliklinika shifokorlari qabulida bo‘lgan xotin-qizlar malakali mutaxassislar ko‘rigidan o‘tib, kerakli  tavsiyalar oldilar.

Shuningdek, ko‘rik davomida bioximiya taxlili, qondagi diabet, turli xil yuqumli kasalliklar uchun qon taxlillari, uzi, eko ultratovush tekshiruvlari tashkil etildi.

Loyiha doirasida bunday bepul tibbiy ko‘riklar viloyatning barcha tuman, shaharlarida tashkil etilmoqda.

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

 Matbuot markazi

  • Ko'rildi
    97
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+