Konstitutsiya – adolat tantanasi

07.12.2023, 18:00

Konstitutsiya – adolat tantanasi

 Respublika o‘rta tibbiyot xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi Navoiy viloyati filialida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – adolat tantanasi” mavzusida  ma’naviy-ma’rifiy o‘tkazildi.

 Unda Markaz ilmiy xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda Navoiy viloyat kengashi deputati M.Eshniyozov Konstitutsiyamizning asosiy prinsiplari, fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari hamda jamiyat va shaxs masalalari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi hamda saylov tizimidagi fundamental vazifalarga oid muhim yo‘nalishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Yillar o‘tgan sayin asosiy Qonunimizning hayotimiz, taraqqiyotimiz uchun ahamiyati qanchalik katta ekanligiga, tanlagan yo‘limiz nihoyatda to‘g‘ri ekanligiga qayta – qayta ishonch hosil qilaveramiz. Fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini, tinch totuvligini ta’minlashni asosiy maqsadlardan biri deb e’lon qilgan Konstitutsiyamiz bosib o‘tgan davriga nazar tashlaydigan bo‘lsak, shu qisqa vaqt mobaynida mamlakatimizda asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirilganligiga guvoh bo‘lamiz.

Ta’kidlanganidek, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan konstitutsiyaviy normalarning ijrosini so‘zsiz ta’minlash barcha sohalarda “inson qadri”ning tom ma’noda yuksalishiga, davlat va jamiyat hayotini “inson – jamiyat – davlat” degan tizimga asoslangan yangi va zamonaviy tarzda boshqarish imkonini beradi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan tegishli javoblar olishdi.

  • Ko'rildi
    166
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+