O’zLiDePdan yangi tashabbus: “Intellekt” loyihasining taqdimoti o‘tkazildi

14.12.2023, 16:20

O’zLiDePdan yangi tashabbus: “Intellekt” loyihasining taqdimoti o‘tkazildi

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” jamoatchilik Kengashi tashabbusi bilan “Intellekt” loyihasining taqdimoti Toshkent arxitektura qurilish universitetida bo‘lib o‘tdi.

Loyihaning taqdimot marosimida soha mutaxassislar, talabalar, partiya faollari ishtirok etdi.

Ushbu loyiha Partiyaning dasturiy g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan hamda “O’zbekiston-2030” strategiyasida ilgari surilgan maqsadlarni ijrosini ta’minlash, shuningdek axborot texnologiyalari orqali yoshlarni zamonaviy kasblarni o‘rgatish maqsadida tashkil etildi.

Loyiha doirasida bevosita o‘quv seminarlar tarzida har xaftada davomida tashkil etiladi. Loyihada axborot texnologiyalari va arxitektura yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy platformalarda mavzularga mos mashg‘ulotlar amalga oshiriladi.

  • Ko'rildi
    86
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+