O’zLiDePda ochiq eshiklar kuni: Yoshlar partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari bilan tanishdi

14.12.2023, 17:40

 O’zLiDePda ochiq eshiklar kuni: Yoshlar partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari bilan tanishdi

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” jamoatchilik Kengashi tashabbusi bilan Partiya faoliyati bilan yoshlarni tanishtirish maqsadida “O’zLiDeP yoshlar bilan” loyihasi tashkil etildi.

Loyiha doirasidagi uchrashuv davomida O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Otabek Sobitov tomonidan bevosita Partiyaning dasturiy maqsadlarini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, mamlakatdagi yoshlarga oid davlat siyosatini mazmun va mohiyatini yanada tushuntirish, yoshlarni biznes, sport, madaniy yo‘nalishlaridagi g‘oyalarni amalga oshirishga alohida urg‘u berdi.

Loyihada Partiya saylovoldi platformasida belgilangan vazifalar hayotga tatbiq qilinishi, Partiya tizimida istiqbolli yosh kadrlar zahirasi shakllantirilishi belgilangan.

  • Ko'rildi
    83
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+