G’allaorollik deputatlar tijorat bank rahbarlarining hisobotini eshitdilar

15.12.2023, 10:46

G’allaorollik deputatlar tijorat bank rahbarlarining hisobotini eshitdilar

Xalq deputatlari G’allaorol tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar tomonidan “O’zbekiston – 2030” strategiyasining “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda “Bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar” yuzasidan “Mikrokreditbank” ATB G’allaorol tuman filiali boshqaruvchisi G’ayrat G’aybullayevninghisoboti eshitildi.

Mutasaddi o‘z hisobotida ta’kidlab o‘tganidek, so‘nggi yillarda aholining keng qatlamini tadbirkorlikka jalb qilish va ularning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan «Hunarmandchilik», «Chorvachilik», «Xizmat ko‘rsatish sohasi», «Bog‘dorchilik», va boshqa ijtimoiy dasturlar doirasida keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda. Birgina joriy yil davomida “Mikrokreditbank” ATB G’allaorol tuman filiali tomonidan jismoniy shaxslarga 1607 ta holatda jami 25 mlrd so‘mdan ortiq kreditlar ajratilgan.

Ushbu kredit mablag‘lari tumanda hunarmandchilik, tikuvchilik, chorvachilik, bog‘dorchilik, xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishlarni rivojlantirish bo‘yicha faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar uchun ajratib berilgan.

Bu esa aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Misol uchun, 22 ta  yuridik shaxslarga 3 022 624 000 so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilishi natijasida  yangi 50 ta ishchi o‘rni yaratilgan.

Shu bilan birga, orttirilgan tajriba hamda xalqaro amaliyot kompleks va o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi kredit olish imkoniyatidan iborat bo‘lgan yaxlit tizimni shakllantirishni taqozo etmoqda. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida, aholini, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, mikromoliyalash tizimini takomillashtirish hamda tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi asosiy yo‘nalishlari amaliyotga joriy etilmoqda.

Yig‘ilish davomida deputatlar va ishchi guruh a’zolari aholining tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga qiziqishi va manfaatdorligini oshirish, aholida tadbirkorlik sohasida zaruriy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘qitish tizimini joriy etish, mazkur jarayonga xalqaro tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va nodavlat ta’lim tashkilotlarini keng jalb qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mikrokreditlash tizimini institutsional jihatdan takomillashtirish va rivojlantirish, aholi tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga oid ijtimoiy dasturlarni iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uyg‘un va muvofiqlashtirilgan holda ishlab chiqish, tadbirkorlik ko‘nikmasi va tajribasiga ega bo‘lgan aholini hamda boshqa kichik biznes vakillari salohiyatini ro‘yobga chiqarish orqali ular faoliyatini kengaytirish va rivojlantirishga qaratilgan to‘laqonli tizimni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini, tavsiya va takliflarini aytib o‘tdilar. Kelgusida bu boradagi vazifalarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Jamshid Mamarasulov,

O’zLiDeP G’allaorol tuman Kengashi apparat rahbari

  • Ko'rildi
    118
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+