Kichik sanoat zonasidagi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi

19.12.2023, 16:07

Kichik sanoat zonasidagi tadbirkorlar  faoliyati bilan tanishildi

G’ijduvon tumanining kichik sanoat zonasi hududidagi O‘zLiDeP a’zosi Sodiq Bekov rahbarligidagi charm-galantereya buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona o‘z faoliyatini boshlaganiga 6 yil bo‘ldi. Bor-yo‘g‘i 24 kishi bilan ishlab chiqarishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olgan MChJ sexlarida bugungi kunda 90 nafardan ziyod kishining bandligi ta’minlangan. Ularning 24 nafari  korxonaga yaqin joyda faoliyat olib borayotgan nogironligi bor fuqarolarning “Saxovat maskani” xodimlaridir. Tumandagi Oqrabot, Boyxotin, Qorabog‘, G’ishti, Zarangari, Gajdumak MFYlaridagi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ga kiritilgan kishilarning aksariyati endilikda “BEK-BAGS” MChJda doimiy ish bilan band. Ularning g‘ayrat-shijoati bilan ko‘plab zamonaviy sport sumkalari, sayohat qilishga mo‘ljallangan ryukzaklar, shuningdek, noutbuklar uchun charm-g‘iloflar ishlab chiqarolmoqda. Kelgusida korxonadagi ish o‘rinlari sonini kamida 150 taga yetkazish ko‘zda tutilgan. 

Korxona ishchi xizmatchilari bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Sh.Ahadov va partiya tuman Kengashi apparati rahbari G’olib Po‘lotovlar partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari hududlarda ish o‘rinlarini ko‘paytirish, aholi bandligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liq ekanligini ta’kidladilar.

  • Ko'rildi
    68
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+