Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganilmoqda

21.12.2023, 17:25

Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganilmoqda

Ayni paytda Jizzax viloyatidagi mahalliy Kengashlarda faoliyat olib borayotgan O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari hamda jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, narx-navo barqarorligiga erishish, qish mavsumi uchun oziq-ovqat mahsulotlari zahiralari yaratilganligi holati bo‘yicha tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda.

Bu kabi o‘rganishlar Do‘stlik tumanida ham olib borilmoqda.   Mutasaddilar tomonidan berilgan ma’lumotlarga qaraganda, joriy yil tumanda fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan 15 700 gektar maydonda 122 460 tonna g‘alla yetishtirilgan.

Shuningdek,  30846 tonna poliz mahsulotlari, 2300 tonna kartoshka,  434 tonna sabzi, 120 tonna piyoz mahsulotlari yetishtirilgan.

Boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlardan 1300 tonna sabzovat, 850 tonna kartoshka, 12300 tonna poliz, 600 tonna moyli, 9600 tonna dukkakli don ekinlari, 10 tonna sholi va 24500 tonna ozuqa ekinlari yig‘ishtirib olingan. Tumanda aholi tomorqalaridan unumli foydalanishga qaratilgan e’tibor ham o‘z samaralarini bermoqda. Ayniqsa, zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat yurituvchi issiqxonalar faoliyatining yo‘lga qo‘yilgani aholini kuz-qish faslida ham doimiy ravishda turli xil qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash imkonini bermoqda. Aholi iste’molidan ortgan mahsulotlar chetga eksport qilinmoqda.

Ishchi guruh a’zolari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aholi vakillari o‘zaro muloqotlarda bozorlardagi narx-navo oshmaganligini,  rastalar qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan to‘la ekanligini mamnuniyat bilan qayd etmoqdalar.

Deputatlar va ishchi guruh a’zolari aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, narx-navo barqarorligiga erishish masalasini jamoatchilik nazoratiga olishgani ham bu o‘rinda juda qo‘l kelmoqda.

 Xolbek ASATOV,
O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim
va deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    76
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+