Deputatlik eshituvi: Jomboy tumanidagi mahalla beshligi faoliyati sarhisob qilindi

12.01.2024, 15:23

Deputatlik eshituvi: Jomboy tumanidagi mahalla beshligi faoliyati sarhisob qilindi

Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashidagi OʻzLiDeP deputatlik guruhi vakillari tumandagi Quduqli” mahalla fuqarolar yig‘inida  faoliyat yuritayotgan ma’sullarning hisobotini eshitdi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, o‘tgan yil davomida mazkur mahallada fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda tizimli ishlar tashkil qilingan. Unga ko‘ra, aholining yashash sharoiti og‘ir nizoli oilalardan 4 nafari yarashtirilgan. Shuningdek, mahalla hududidagi to‘rtta ichki yo‘llarga  shag‘al yotqizilib, “Beshyog‘och” qabristonida aholi hashar yo‘li bilan archa ko‘chatlari ekilib obodonlashtirilgan.

Shuningdek, 2023 yilda Ayollar daftari  4-bosqichi amalga oshirilib, nogiron farzandi mavjud xotin-qizlarning 8 nafariga bir million ikki yuz ming so‘mdan moddi yordam ajratib berildi. 1, 2 - guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va boquvchisi bo‘lmagan 28 nafar ayollarning 26 nafariga ham bir martalik moddiy yordam berilgan.

Bundan tashqari, tadbirkorlik qilish uchun 7 nafar ayollarga tuman hokimligi  tomonidan pishiriq pechi berilib,  41 nafar ayollar turli ishlab chiqarish korxonalariga ishga joylashtirilgan. 4 nafar ayolllarning uyi ta’mirlanib, 10 ga yaqin xotin – qizlarga 3 milion so‘mdan pul mablag‘i va oziq - ovqat mahsulotlari ajratilgan.

Mazkur mahallada  tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha ham ijobiy ishlar olib borilgan.

Mahalla aholisining asosiy daromad manbai dehqonchilik va chorvachilik bo‘lib, xususan meva-sabzavotchilik va chorvaga  ixtisoslashgan. Ushbu faoliyat orqali aholining salmoqli qismini daromad manbai tashkil qiladi.

Unga ko‘ra ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlashm maqsadida 115 ta yoshlar daftari, 15 ta temir daftari, 12 ta ayollar daftari va 165 ta boshqa fuqarolarga 10 yildan 30 yilgacha bo‘lgan muddatga yer ajratib berildi.

“Har-bir oila tadbirkor” dasturi doirasida mahalladagi 68 nafar yoshlar, xotin-qizlarga issiqxona, parrandachilik va chorvachilikni rivojlantirish, tikuv mashinalari va qishloq-xo‘jalik texnikalarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar ajratildi.

Mahalla beshligining yoshlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktikasi inspektorining ham hisobotlari eshitilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. Mazkur ko‘tarilgan masalalar Jomboy tuman Kengashi deputati Nodir To‘rayev tomonidan nazoratga olindi.

 Nasiba Mo‘minova,

OʻzLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    107
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+