Qishloq xo‘jaligi va tijorat bank rahbarlarining hisoboti tinglandi

17.01.2024, 15:22

Qishloq xo‘jaligi va tijorat bank rahbarlarining hisoboti tinglandi

Xalq deputatlari Jomboy tuman kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining majlisida Irrigatsiya tizimi va suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, soha boshqaruviga xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i G’ulomjon Xadjayev va tuman "Mirzapay" irrigatsiya tizimi boshlig‘i Sherzod Salimovning hisobotlari eshitildi.

Jomboy tumanida 2023 yilda jami 940 gsktar (775 ga bog‘ va 165 ga boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari) maydonda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va 300 gektar g‘alla maydonlarida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish belgilab berilgan bo‘lib, amalda shu kunga qadar tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 19 mlrd 195 mln.so‘m moliyalashtirildi, 746 gektar tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy qilinadigan maydonlarda ish boshlangan bo‘lib, shundan 746 gektarida qurilish-montaj ishlari yakunlangan.

Tumanda shu kunga qadar 5441 gektar maydonda (jami sug‘oriladigan maydonga nisbatan 23 foiz) jumladan, tomchilatib sug‘orish 5341 ga, yomg‘irlatib sug‘orish 100 ga va ko‘chma egiluvchan quvurlar yordamida 100 ga maydonda sug‘orish ishlari yo‘lga qo‘yilgan va bu orqali 20-25 mln.metr kub suvni iqtisod qilish imkoniyati yaratilmoqda.

Prezidentimizning 2024 yil 5 yanvardagi PQ-5-sonli qaroriga asosan tumanda 275 ta fermer xo‘jaliklarining 348 km ichki ariq zovurlaridan 220 km bitonlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 30,1 km ariqlar 14,2 foizga betonlashtiriladi.

Shuningdek, keyingi masala sifatida yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va imtiyozli kreditlarni ajratilishida shaffoflikni ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar yuzasidan “Agrobank” tuman filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari Eldor Yusupov va tuman AT “Xalq banki” tuman filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari Soxiba Muxammadiyevaning axborotlari eshitildi.

Tadbir yakunida kun tartibidagi ikkita masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ko‘tarilgan masalalar deputatlik guruhi tomonidan nazoratga olindi.

Nodir To‘rayev,

OʻzLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri.

  • Ko'rildi
    71
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+