Deputat o‘zi o‘qigan maktabga kitoblar sovg‘a qildi

19.01.2024, 16:02

Deputat o‘zi o‘qigan maktabga kitoblar sovg‘a qildi

Kitob insonni kamolotga eltuvchi mayoqdir. Kitob qalbni tarbiyalabgina qolmay, inson tafakkuri va dunyoqarashining yuksalishiga ham beminnat xizmat qiladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga ko‘maklashish O'zLiDePning dasturiy maqsad-vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu bois partiya faollari va deputatlari birinchi navbatda aholining, xususan yoshlarning kitobga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish, ularda matbaachilik mahsulotlariga qiziqishni kuchaytirish maqsadida o‘zlari o‘qigan maktablarga kitob tuhfa etmoqda.

Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashiga O'zLiDePdan saylangan deputat Nodir Xamdamov shahar hokim o‘rinbosari Feruz Hamroyev hamrohligida hududdagi 33-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, qadrdon maktabiga badiiy adabiyotlardan iborat kitoblar jamlamasini sovg‘a qildi. Maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari bebaho ma’naviy xazina katta mamnuniyat bilan qabul qilib olishdi.

–Deputatimiz Nodir Hamdamov maktabimiz o‘quvchilari uchun 150 dan ortiq kitoblar jamlanmasini taqdim etib kitob fondimizni boyitishga o‘zining beminnat hissasini qo‘shdi, - deydi maktab direktori. Bu tuhfa maktab jamoasi va o‘quvchilar uchun munosib sovg‘a bo‘ldi

Kitobxonlik tadbiri davomida O'zLiDeP shahar Kengashi deputati N. Xamdamov ham so‘zga chiqib, o‘zi o‘qigan maktabda bugungi kunda tahsil olayotgan yosh avlodni kitob mutolaasiga va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazib, ilm-ma’rifatli bo‘lishga chorladi. Ta’lim maskanidagi kutubxonadan unumli foydalanishlarini targ‘ib qildi.

Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni ijtimoiy faolligini oshirish, ular qalbida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, yurtga sadoqat, Vatanga muhabbat hissini shakllantirishdan iboratdir.

  • Ko'rildi
    67
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+