O'zLiDeP “Yoshlar qanoti” faollari parlament faoliyati bilan tanishdilar
22.02.2024, 09:18
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosida O'zLiDeP “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan “Parlamentda yoshlar o‘rni” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.
Loyiha doirasida talaba-yoshlar ishtirokida O'zLiDePning g‘oyaviy maqsadlari, yoshlarni huquqiy bilimlarini yanada oshirish va ularning intellektual salohiyatining o‘sishga ko‘maklashishga qaratildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O'zLiDeP fraksiyasi a’zolari partiyaning saylovoldi platformasida belgilangan vazifalar hayotga tatbiq qilinayotganligi, partiya tizimida istiqbolli yosh kadrlar zahirasi shakllanayotgani, parlamentda muhokama qilinayotgan qonun loyihalarida yoshlarning ham faol ishtirok etishi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Shuningdek Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati, qonun va norma ijodkorligi jarayonlarida yoshlar o‘rni haqida ham to‘xtalib o‘tildi.
Talaba-yoshlarning bugungi kunda siyosiy partiyalarning o‘rni va mohiyati, Parlamentdagi islohotlar yuzasidan fikrlari tinglandi.
Tadbir ishtirokchilari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining binosi, muzey va kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
Fikringizni qoldiring