Yoshlar ma’naviy kamolotida kitobxonlikning ahamiyati

22.02.2024, 10:54

Yoshlar ma’naviy kamolotida kitobxonlikning ahamiyati

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan “O’zbekiston – 2030” strategiyasida ko‘zda tutilgan ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha islohotlar, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni rivojlantirish  borasidagi maqsadlar ijrosi yuzasidan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda mahalliy kengash deputatlari, yoshlar parlamenti a’zolari, faxriylar, ayollar, Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyi talabalari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

O’zLiDeP Andijon viloyati Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Xurshidaxon Xalilova strategiyada belgilangan maqsad va vazifalar, Prezidentimiz raisligida 2023 yil 22 dekabrda o‘tkazilgan respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida  qo‘yilgan  dolzarb vazifalarga to‘xtalib, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini targ‘ib etish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarning bu qiziqishlarini ommalashtirish uchun ularni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish to‘g‘risida ma’ruza qildi. Bu borada  jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda muntazam tadbirlar tashkil etish, kitobxon yoshlarni jalb qilish haqida fikrlar yuritildi.

Shuningdek, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi  Durbek Qo‘ldosh, taniqli shoir Orifjon Meliyev, O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, faxriy jurnalistlar Elmira Rahmonova, Abduvohid Tojiddinov, Saminjon Xusanzoda va Z.M.Bobur nomidagi viloyat axborot - kutubxona markazi xodimlari va ilmiy-uslubiy bo‘lim mudiri Dilafruz  Karimovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Tadbirda axborot - kutubxona markazida kitobxonlarga yaratilayotgan qulayliklar, imkoniyatlar va yangi keltirilayotgan adabiyotlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar  to‘g‘risida keng ma’lumotlar berildi.  Ma’naviyat va ma’rifat maskanida tashkil etilgan “Jahon va o‘zbek adabiyoti durdonalari” kitoblar ko‘rgazmasi namoyishi kitobxonlarda katta taassurot qoldirdi. 

Tadbirda bilimdon va zukko yoshlarning faolligini oshirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida qiziqarli viktorina o‘tkazilib, savollarga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilarga O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Andijon viloyati Kengashining sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    49
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+