Xususiy oliy ta’lim muassasasida “Akademik va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

22.02.2024, 11:02

Xususiy oliy ta’lim muassasasida “Akademik va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

O’zLiDePning maqsad va dasturida ilgari surilgan g‘oyalarni yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish, ularning siyosiy, huquqiy bilimlarini yanada oshirish, yurtimizda olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy, huquqiy islohotlarning tub negizida zamonaviy yoshlar safini kengaytirish vazifalaridan kelib chiqib “Akademik va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazib kelinmoqda.

Uchrashuv doirasida Partiyaning “Yosh siyosatchilar ligasi” loyihasi taqdimoti Profi University xususiy oliy ta’lim tashkilotida tashkil etildi.

Uchrashuvda Profi University rektori, olim, psixologiya fanlari doktori, professor, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi a’zosi – akademik G’ayrat Shoumarov ishtirok etib, yoshlarga bugungi kundagi islohotlar mazmun-mohiyati, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda Prezidentimiz tashabbuslari haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek O’zLiDeP tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yosh siyosatchilar Ligasi” loyihasi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Loyiha siyosat maydonida yoshlarni kashf etayotgan siyosiy platforma sifatida shakllanib, bugungi kunda loyiha ishtirokchilari siyosiy, huquqiy bilimlarini yanada oshirishda ko‘maklashish bilan birgalikda yurtimizda olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy, huquqiy islohotlarning tub negizida zamonaviy yoshlar safini kengaytirishga erishmoqda.

Uchrashuv qizg‘in savol va javoblarga boy bo‘ldi. Ko‘plab yoshlar Partiya maqsadlarini qo‘llab-quvvatlab, Partiyaga xayrixoxlik bildirishdi.

  • Ko'rildi
    70
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+