Hisobot saylov yig‘ilishlari - BPTlar faoliyatidagi muhim jarayon
26.02.2024, 21:39
Ma’lumki, 2023 yil O’zLiDeP quyi bo‘g‘inlari faoliyatida ham tub o‘zgarishlar davri bo‘lib qoldi. Mamlaktimizdagi muhim siyosiy jarayonlar-O’zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan umumxalq referendumi, shuningdek, Prezidentlikka muddatidan ilgari o‘tkazilgan saylovga tayyorgarlik tadbirlarida ham O’zLiDeP quyi bo‘g‘inlari faollari ishtirok etib, ikkala muhim tadbirning mazmun-mohiyati bo‘yicha aholi o‘rtasida partiyaviy nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda bir qator tadbirlarni o‘tkazdi. Ana shunday muhim jarayondan g‘ijduvonlik partiya mas’ullari va faollari ham chetda qolganlari yo‘q. Ushbu yo‘nalishdagi sobitqadam faoliyat jumladan o‘z safiga 11517 nafar partiya a’zosini birlashtirgan 72 ta BPTlarda belgilangan muddatlarda amalga oshirildi.
Peshqadam quyi bo‘g‘inlardan biri O’zLiDeP tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkilotidir. Ushbu tayanch bo‘g‘inda bugungi kunda 30 nafarga yaqin maslakdoshlar faoliyat ko‘rsatmoqdlar. Quyi bo‘g‘in faollaridan – mahalliy Kengash deputatlari Zamira Safarova, Gulbahor Sharapova, O’ktam Qayumov, Nasrillo Majidov singarilarning tashabbukorligi, partiyaviy dastur va g‘oyalarning aholi orasiga keng targ‘ib etishdagi tajribasi, qolaversa, hisobot davrida ular tomonidan bir qator korxona va tashkilotlarda o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot va tushuntirish ishlarida yaqqol ko‘zga tashlandi.
Yaqinda ushbu BPTda o‘tkazilgan hisobot-saylov yig‘ilishida ana shular xususida so‘z bordi. Yig‘ilishda BPT yetakchisi Baxtiyor Ismoilovning axboroti tinglani, hisobot davridagi faoliyat qoniqarli deb topildi.
BPTning “O’zbekiston-2030” strategiyasi hamda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalari belgilab olindi. Partiya quyi bo‘g‘inining 2024 yilga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi.
BPT yetakchiligiga B.Ismoilov qayta saylandi.
HSY tuman bo‘yicha davom etmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring