Yakkabog‘liklar o‘z deputatidan minnatdor

26.02.2024, 22:03

Yakkabog‘liklar o‘z deputatidan minnatdor

Xalq deputatlari Yakkabog‘ tuman kengashi deputati Nargiza Salomova  saylov okrugidagi fuqarolarning murojaatlari asosida hududdagi qator muammolarni sinchiklab o‘rganib, maqbul yechimlarini topib kelmoqda.  

Jambul mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘chaning 2 kilometr masofadagi yo‘llari shag‘al to‘kib, ravonlashtirildi. 1 km qismi esa sifatli asfalt qilindi. 77-maktab pedagogik jamoasining murojaatidan so‘ng, maktab binosining isitish tizimi gazlashtirildi. Mahallada ko‘chalaridagi  butunlay yaroqsiz holatga kelib qolgan simyog‘ochlar yangilariga almashtirildi. Deputatning sa’y-harakatlari bilan mahallada 25 o‘rinli xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi ishga tushirildi.

  Guliston MFY hududidagi Nimtuda qishlog‘i Qizildaryo yoqasida joylashgan. Bahorgi sel toshqinlari yemirishi oqibatida daryo o‘zani aholi xonadonlariga juda yaqin kelib qolgan edi. Qishloq oqsoqollari  deputatdan yordam so‘rab kelishdi. U esa mutasaddi idoralarga so‘rovnomalar bilan chiqib, qisqa fursatda daryo yoqasida joylashgan uylarda yashayotgan aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida tegishli korxona va homiylar ko‘magida himoya zonalari va inshoatlar qurilishga erishdi.  Ayni paytda gulistonliklar deputatni duo qilgancha, bexavotir o‘z makonlarida umrguzaronlik qilmoqdalar.

- Nargiza qizimiz faolligi bilan barcha xotin-qizlarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda,- deydi faxriy o‘qituvchi Sharofat opa Saidova. – Tumanning qaysi go‘shasida tadbir o‘tkazilsa, albatta, qatnashadi va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, haq-huquqlarini himoyalash, bandligini ta’minlash, hayotini baxtli qilish mavzuida ma’ruzalar qiladi. Uning tashabbusi chekka qishloqlarda yashovchi xotin-qizlarga tikuvchilik, kashtachilik, zardo‘zlik, to‘quvchilik, pazandachilik, uy hamshirasi, kompyuter savodxonligi, zamonaviy elita pardalar tikish, gilamchilik, sartaroshlik kabi qator kasb-hunarlarni o‘rgatish maqsadida “SITORA IMKON PLYUS” nodavlat ta’lim muassasasini tashkil etilgan edi. Hozirga qadar bu yerda 100 nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan,  200 nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar va yoshlarning zamon talabiga mos yo‘nalishlarda kasb-xunarga o‘rgatilib, ular qalbida kelgusi nurli hayotga  bo‘lgan umid chirog‘i yoqildi. Biz yakkabog‘iklar Nargiza qizimiazdan juda-juda minnatdormiz. Qaniydi ana shunday faol va jonkuyar deputatlarimiz ko‘paysa. 

Saxovat bobida ham deputat ayolga teng keladigani yo‘q. Xotin-qizlar o‘rtasida sportning bir nechta turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etib, g‘oliblarni o‘z hisobidan rag‘batlantiradi. 46 nafar umumta’lim va kasb-hunar maktablarining faol o‘quvchilari uchun stipendiya tashkil etgan.  Yaqinda ko‘zi ojiz insonlarning savod chiqarishi uchun bo‘rtiq nuqtalarga asoslangan maxsus Brayl alifbosini o‘rganayotgan nogironlarning holidan xabar olib, sovg‘alar topshirdi. Kam ta’minlangan 8 ta oila farzandlarini oliy o‘quv yurtlariga o‘qishi uchun kontrakt to‘lovini o‘tkazib bergan. Saxovat uyida yashovchi Shamsiyev Xusayn buvani ko‘z operatsiyasini  o‘tkazish uchun zarur xarajatlar to‘lab berilgan. Bunday misollarni yuzlab keltirish mumkin. Muxtasar qilib aytganda, Nargiza Salomova fidoiyligi, mehnatsevarligi, jonkuyarligi bilan viloyat faollari orasida hurmat – e’tibor qozonish barobarida, tuman ahlining duosini olib kam bo‘lmayapti. 

  • Ko'rildi
    46
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+