Mahalla ayollari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

28.02.2024, 10:22

Mahalla ayollari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Aholi salomatligini saqlash, yuqori saviyadagi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish bugun yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlarning asosini tashkil etadi. Bu borada chiqarilgan qaror va Farmonlar aholining jismoniy faollik darajasini oshirish, kasalliklarni oldini olish,  sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yo‘lidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda muhim qadam bo‘lmoqda. Bu borada O’zLiDeP "Ayollar qanoti" ning "Sog‘lom oila-mustahkam" oila loyihasi doirasida o‘tkazib kelinayotgan bepul tibbiy ko‘riklar katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

O’zLiDeP viloyat Kengashi "Ayollar qanoti" hamda  “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi  bilan hamkorlikda Buxoro shahridagi "Ko‘kaldosh" MFYda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikda  hududdagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kamqonlik  hamda  nogironligi bor ayollardan 50 nafari qamrab olindi. 

Tibbiy ko‘rik davomida shifokorlar qabuliga kelgan ayollarga tegishli muolajalar o‘tkazilib, ularga zarur maslahat, yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar berildi. Shuningdek, mahalla ayollariga 5 xil turdagi dori-darmonlar, ko‘rish qabiliyati past bo‘lgan xotin-qizlarga  ko‘z oynaklar hamda  zarur sanitariya –gigiyena vositalari  bepul tarqatildi.

Bunday tadbirlarni shaharning boshqa bir qator MFYlarida ham o‘tkazish rejalashtirilgan.

  • Ko'rildi
    56
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+