O‘zLiDePning “Yangi avlod kadrlari” loyihasi vohalik talaba-yoshlar ishtirokida o‘tkazildi

29.02.2024, 11:43

O‘zLiDePning “Yangi avlod kadrlari” loyihasi vohalik talaba-yoshlar ishtirokida o‘tkazildi

 Qarshi Davlat universitetida talaba yoshlar ishtirokida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarni isloh etishga qaratilgan keng ko‘lamli yangilanishlar, rahbar kadrlarni aholiga va har bir oilaga yanada yaqinlashtirish, ular boshqarayotgan tizimni chinakam xalqchil tuzilmaga aylantirish maqsadida kadrlar tayyorlashning zamonaviy mexanizmlarini amaliyotga tatbiq qilish borasidagi ishlar haqida so‘z yuritildi.  

- Bugungi tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – “Yangi avlod kadrlari” loyihasi asosida vohamizning nufuzli oliy ta’lim muassasa tahsil olayotgan yoshlarga partiyamizning dasturiy maqsadlari haqida ma’lumot berish, ular orasidan  yosh istiqbolli kadrlarni topish, malakasini oshirish, hokimiyat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda jamoat tashkilotlariga tavsiya etishdir, – deydi O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Tashkiliy partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Shahzod Oripov. – Viloyatda kadrlarga bo‘lgan talabni oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilaridan amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni bosqichma-bosqich mo‘ljallangan lavozimlarga tayyorlab borish, qayta o‘qitish orqali  qondirishga harakat qilayapmiz.

Muloqotda  “O’zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturidan o‘rin olgan yoshlarni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etgan holda  salohiyatini yuzaga chiqarish, kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish va biznes bilan shug‘ullanishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritildi.  

Shuningdek, joylarda yoshlarning hayotiy muammolarini bartaraf etish bo‘yicha aniq amaliy takliflar ishlab chiqish, “Yoshlar qanoti” guruhlari va deputatlik guruhlari o‘rtasida hamkorlikning samaradorligi oshirish, yoshlarga oid qonun loyihalariga yosh avlod vakillarining takliflarini olish tizimi shakllantirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Parlamentda mening o‘rnim” loyihasi haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Davra suhbati davomida talabalarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, iqtidorlarini namoyon etishga ko‘maklashish, partiya loyihalarida ishtirokini kengaytirish borasidagi taklif va fikr-mulohazalari ham tinglandi. Musohaba intihosida 8 nafar  bilimdon va tashabbuskor talabalar partiya kadrlar zahirasiga olindi. 

  • Ko'rildi
    33
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+