Sirdaryo viloyati kichik va yoshlar sanoat zonalari faoliyati o‘rganildi

08.03.2024, 12:04

Sirdaryo viloyati kichik va yoshlar sanoat zonalari faoliyati o‘rganildi

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan “O’zLiDeP yoshlar minbari” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur loyiha respublikada yoshlar muammolarini o‘rganish, yoshlarga oid qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida hududlarda yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rganishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, partiya “Yoshlar qanoti” vakillari Sirdaryo viloyati bo‘lib, Prezidentimizning 2021 yil 21 apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida viloyatda tashkil etilgan kichik va yoshlar sanoat zonalari faoliyatini o‘rgandi.

Unga ko‘ra erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha mavjud tajriba asosida, hududlarda yoshlar kichik sanoat zonalari tashkil etilishini, bu sanoat zonalarida o‘sib kelayotgan avlod vakillarining biznes loyihalari joylashtirilishi belgilab berilgan edi.

Shuningdek, yoshlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun jamg‘arma tashkil etilib, unga 100 million dollar mablag‘ ajratilishi belgilangan edi. Jamg‘arma yoshlarning loyihalarini ro‘yobga chiqarish uchun qulay shartlarda va past foizlarda moliyalashtiradi. Bundan tashqari, kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarish binolari qurilib, yoshlarga imtiyozli shartlarda ijara va lizing asosida berilishi ko‘zda tutilgan.

Qarorga muvofiq, Sirdaryo viloyatida 2021 yilning o‘zida Guliston shahri, Mirzaobod, Boyovut, Sirdaryo tumanlarida, Yangiyer shaharlarida, 2022 yilda esa qolgan 7 ta tuman (shahar)da yoshlar kichik sanoat zonalari tashkil etilishi, umumiy hisobda 21,9 gektar yer maydonlari ajratilishi belgilangan.

O’rganish natijalari tahlil qilinganda, bugungi kunda ushbu yoshlar sanoat tadbirkorlik zonalariga 68,9 mlrd.so‘mlik 19 ta loyihalar joylashtirilgan. Ushbu loyihalarni ishga tushirish natijasida 466 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan. 2022 yilda Guliston tumani “Oqoltin” MFY da 3,0 gektar, Sayxunobod tumani “Farovon” MFY da 32,08 gektar va Guliston shahar “Ulug‘obod” MFY da 50,0 gektar yer maydonida yangi tashkil etilgan kichik sanoat zonalarini muhandislik kommunikatsiyalar infratuzilmasi bilan ta’minlash maqsadida Prezidentning 2022 yil 28 noyabrdagi PQ-431-sonli qaroriga asosan 12 350,0 mln.so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda tegishli tashkilotlar tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, qilingan ishlar bilan ba’zi kamchiliklar borligi ham aniqlandi. Unga ko‘ra, elektr tarmoqlari sanoat zonasining boshlang‘ich qismiga qadar tortib kelingan bo‘lib, sanoat zonasining ichki qismiga tortilmaganligi, shuningdek, buning natijasida loyiha tashabbuskorlari tomonidan qurilish ishlarini amalga oshirishda bir qator qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Aniqlangan kamchilik va muammolar deputatlik guruhi yig‘ilishiga taqdim etish bo‘yicha hujjatlari rasmiylashtirildi.

  • Ko'rildi
    47
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+