Andijon yoshlar texnoparkida uchrashuv o‘tkazildi

14.03.2024, 17:57

Andijon yoshlar texnoparkida uchrashuv o‘tkazildi

O’zLiDeP Andijon viloyat  Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan Andijon shahridagi Yoshlar texnoparkida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda partiya faollari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi yoshlar parlamenti a’zolari, yosh innovatorlar, mahalliy Kengash deputatlari, tadbirkor va fermerlar ishtirok etdi.

Tadbirda O’zLiDeP Andijon viloyat  Kengashi raisi Xurshida Xalilova  “O’zbekiston 2030” strategiyasida belgilangan yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish yuzasidan ishchi guruhlari va partiya tomonidan qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi. Bugungi kunda yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning innovatsion g‘oya, ixtiro va dasturiy ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Uchrashuvda  partiya faoli, Yoshlar texnoparki rahbari Shoxrux G’ulomov zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan mazkur markazda yosh innovatorlarga kelajak kasblari haqida tushintirishlar berdi  va ularga o‘zlari yaratgan innovatsiya mahsulotlari, robototexnika hamda elektronika sohalaridagi ishlari bilan tanishtirdilar.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga yetarli javoblarni oldilar.

Bu kabi tadbirlar axborot texnologiyalari tobora rivojlanib borayotgan davrda yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari, startap va innovatsion g‘oyalar asosida loyihalar ishlab chiqayotgan, zamonaviy bilimlarga ega yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidori hamda salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirishga xizmat qiladi.

  • Ko'rildi
    36
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+