Korxonaning 600 nafar ishchi-xodimlari O’zLiDePga a’zo bo‘lish istagini bildirdi

22.03.2024, 10:52

Korxonaning 600 nafar ishchi-xodimlari O’zLiDePga a’zo bo‘lish istagini bildirdi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi vakillari Asaka tumanidagi “Asaka tekstil” korxonasida uchrashuv tashkil qildi. Unda “O’zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturining mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.

Bu yilgi davlat dasturida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va farovon turmush kechirishi uchun barcha sohalarda keng imkoniyat va imtiyozlar berilayotgani alohida e’tirof etildi. Ushbu jarayonda partiya “Ayollar qanoti” ham faol ishtirokchi bo‘layotgani ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida partiya vakillari, deputatlar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishchilar bilan samimiy muloqot qildilar.

- 2016 yilgacha bu yer tashlandiq joy edi, - deydi korxona ish yurituvchisi Jumagul Yunusova. - Davlatimiz rahbari tadbirkorlarga bergan ruh va madad natijasida bu yerda bosqichma-bosqich yangi binolar qurilib, 2022 yil avgustda ishga tushirildi. Bugungi kunda 83 million dollarlik loyiha evaziga xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan to‘liq “zanjir” tashkil etilgan.

Mazkur korxonamizga Shveysariya, Italiya, Turkiya, Germaniya, Yaponiyadan uskunalar keltirib o‘rnatilgan. U yiliga 11 ming tonna ip-kalava, 8 ming tonna momiq va trikotaj mato, 12 ming tonna ip va matoni bo‘yash, 6 ming tonna tayyor trikotaj va sochiq ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda 3 ming 200 kishi ishlamoqda.

Korxonada xorijiy hamkorlar talabiga asosan sifat nazorati, kasb o‘rgatish markazi tashkil etilgan. Bo‘yoq sexidan chiqqan suvni tozalash inshooti ham ishga tushirilgan.

Uchrashuv yakunida korxonada faoliyat olib borayotgan 600 nafar yoshlar, xotin-qizlar partiya safiga o‘tish istagini bildirdi.

  • Ko'rildi
    35
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+