Deputat aholi murojaatlariga yechim topdi

22.03.2024, 12:33

Deputat aholi murojaatlariga yechim topdi

Ma’lumki, aholi muammolarini tinglash va ularning ijobiy yechimini ta’minlash, shuningdek har bir insonda davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlardan, sharoitlardan to‘g‘ri foydalangan holda shukronalik tuyg‘usini shakllantirish – joylardagi mahalliy Kengash deputatlarining ham muhim vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.  

Tumanimizning 20-“Do‘rmon” saylov okrugidan mahalliy Kengash deputatligiga saylanganligim bois, ushbu hudud aholisi bilan o‘tkazib kelinayotgan uchrashuvlar chog‘ida saylovchilar tomonidan ilgari surilayotgan muammoli masalalarga alohida e’tibor qaratib kelmoqdaman. Aksariyat xalq vakillarida bo‘lganidek, aholi g‘am-tashvishlari, orzu-umidlari bilan yashash, ularni qiynayotgan turmushdagi muammolarga yechim izlash zimmamga katta mas’uliyat yuklaydi.

O’tgan 2023 yilning noyabr oyida o‘tkazilgan yuzma-yuz uchrashuvda tumandagi Sultonobod MFYning Yuqori Hasanxo‘ja qishlog‘ida yashovchi aholi menga murojaat qilib, qishloqdagi asosiy ko‘chalardan birining yo‘llari o‘ta ta’mirtalab bo‘lib qolganligi uchun qish-qirovli va yog‘ingarchilik kunlarida piyodalar va transport vositalari harakatida qiyinchilik tug‘dirayotganligini ma’lum qilgan edi. Simyog‘ochlarga o‘rnatilgan tungi yoritish chiroqlaridagi nosozliklar tufayli qishloq xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashda uzilishlar ro‘y berayotgani ham ushbu murojaatda qayd etilgan edi.

Mavjud muammolar o‘z joyida borib o‘rganildi. Tegishli mutasaddi tashkilotlar hamda sektor rahbariga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik faoliyatim doirasidagi say’-harakatlar samarasi o‘laroq oradan ko‘p o‘tmay qishloq aholisini qiynab kelayotgan mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etishga muvaffaq bo‘lindi.

Simyog‘ochlar yangisiga yalmashtirilib, qumli yo‘llarga shag‘al to‘kildi, yo‘llar tekislandi. Amalga oshirilgan obodonchilik ishlari ham aholini mamnun etyapti.

Aziz Nosirov,

Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasi

ko‘p tarmoqli poliklinika mudiri,

 xalq deputatlari tuman Kengashi deputati

  • Ko'rildi
    33
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+