Qonliko‘llik yoshlar yirik tadbirkorlik sub’ekti faoliyati bilan tanishdi

22.03.2024, 14:38

Qonliko‘llik yoshlar yirik tadbirkorlik sub’ekti faoliyati bilan tanishdi

O’zLiDeP Qonliko‘l tuman Kengashi tomonidan mahalla yoshlarini tadbirkorlikka kengroq jalb etish, ularning tadbirkorlikka oid bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida tumandagi "Kanteks Invest" MChJga sayohat tashkil qilindi.

Maqsad esa yoshlarni tadbirkorlikka kengroq jalb etish, kasb-xunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka oid bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishdan iborat.

Mamlakatimizda yangi O’zbekistonni barpo etishdek ulug‘ maqsadga erishish yo‘lida asosiy tayanchimiz bo‘lgan azmu shijoatli yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

O‘zLiDeP dasturida qayd etilganidek, tadbirkorlik va fermerlik harakatining rivojlanishi qishloq taraqqiyoti va farovonligiga erishishning muhim omillaridan biri sanaladi. Shu boisdan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlik va fermerlikka keng jalb etish, ularning qobiliyat va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. 

2019 yilda ishga tushgan Qonliko‘l tumanidagi «Kanteks Invest» mas’uliyati cheklangan jamiyati tumandagi eng yirik sanoat korxonasi hisoblanadi. Bugungi kunda 600 nafardan ziyod yoshlar faoliyat olib borayotgan mazkur korxona hudud aholisin doimiy ish bilan ta’minlab qolmasdan, o‘z mahsulotlarini chet davlatlariga eksport qilyapti, yildan-yilga eksport hajmi ham ortib bormoqda. Bugungi kunda korxonada 3 smenada ish tashkil qilingan. Korxonada  ishchilar  uchun  barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Korxona o‘tgan yilning o‘zida 10 411,9 ming dollarlik   ip-kalava (pryaja) eksport qilgan.

Mahalla yoshlari korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati, ishlab chiqarish jaryoni bilan yaqindan tanishib, o‘zlariga katta taassurotlar olishdi. Kelajakda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ishtiyoh ham uyg‘ongan bo‘lsa ajab emas.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    32
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+