Yosh tadbirkorning faoliyati bilan tanishildi

27.03.2024, 12:20

Yosh tadbirkorning faoliyati bilan tanishildi

Bugungi kunda yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilyapti. Maqsad yoshlarni kelajakda o‘z o‘rinlarini topishi, ma’lum bir kasbni egallashi, eng muhimi mamlakat rivojiga o‘z hissasini qo‘sha olishdir.

Bu borada partiya ham o‘z oldiga ustuvor maqsad va vazifalarni belgilab olgan bo‘lib, joylarda yoshlarni turli kasb-hunarga o‘rgatish, bizneslarini boshlashi va bandiligi ta’minlashda yaqindan ko‘makchi bo‘lmoqda.

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi vakillari Sayxunobod tumanidagi Shodlik mahallasida faoliyat olib borayotgan “Sayhun shukronasi” qandolat sexiga tashrif buyurishdi.

Yosh tadbirkor va pazanda Sevara Abdullayeva 10 nafar ayollarni ish bilan taminlagan. Hozirgi kunda sexda 15 xildan ziyod shirinlik va pishiriqlar tayyorlanib qo‘shni tumanlarga ham buyurtma asosida yetkazib berilmoqda.

Sevara Abdullayeva shu yil o‘tkazilgan “Xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida “Eng yaxshi biznes reja” tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Kelgusida faoliyatini yanada kengaytirib, yangi ishchi o‘rinlarni yaratishni maqsad qilgan.

  • Ko'rildi
    36
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+