Deputat maktablar va mahallalar faoliyatini o‘rgandi  

28.03.2024, 16:08

Deputat maktablar va mahallalar faoliyatini o‘rgandi   

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z okruglarida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazyapti.

Qonunchilik palatasi deputati Barno Mirzamova dastlab Namangan shahridagi 30-umumtaʼlim maktabi faoliyati bilan tanishuvdan boshladi. O‘rganishlar davomida qator muammolar ko‘zga tashlandi. Xususan, maktab binosi kapital taʼmirlash dasturiga kiritilgan bo‘lib, mablag‘ ajratilgan bo‘lsada taʼmirlash ishlari olib borilmayapti. Mazkur masalani deputat o‘z nazoratiga olib, tegishli masʼul tashkilotlar orqali hal qilish choralarini ko‘rdi.

Keyingi manzil Namangan shahridagi “Gulbog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘lib, mahalla mutasaddilari bilan suhbat o‘tkazildi. Uchrashuvda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputi, hokimning mahalladagi yordamchisi, yoshlar va ayollar yetakchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuv jarayonida B.Mirzamova mahalla tizimiga katta eʼtibor qaratilayotgani, “mahalla yettiligi” barcha masalalarda faol bo‘layotgani, fuqarolar muammolari shu yerning o‘zida hal qilinayotgani hamda bu borada qator qaror qabul qilingani, qonunchilikdagi yangiliklar xususida maʼlumotlar berib o‘tdi.

Shu bilan birga mahalla yettiligi tomonidan qilinayotgan ishlar, xususan aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Deputat uchrashuvlari davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    31
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+