O`zLiDeP faollari yo‘l yoqalariga 500 tup ko‘chat ekdi

02.04.2024, 17:01

O`zLiDeP faollari yo‘l yoqalariga 500 tup ko‘chat ekdi

Joriy yil 29 mart kuni Prezidentimiz raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish va chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan bir qator amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Jumladan, O`zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi rahabari Erkin Xolmatov boshchiligidagi bir guruh partiya faollari, hamkor tashkilot vakillari bilan birgalikda Zomin tumani “Peshag‘or” mahalla fuqarolari yig‘ini hududidan o‘tgan katta yo‘l yoqasiga 500 tup manazarali daraxt ko‘chalarini o‘tqazdilar.

Ko‘chat ekish ishlarida viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, “Jizzax Yo‘lko‘kalam” unitar korxonasi xodimlari ham faol ishtirok etishdi.

Ahamiyatli tomoni, mazkur yo‘l yoqasida barpo etilayotgan ihota daraxtzorlarni sug‘orish, parvarishlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda.

O`zLiDeP Jizzax viloyat hududiy

partiya tashkiloti Matbuot xizmati

 

  • Ko'rildi
    37
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+