Yetakchi o‘zgalarni ham ortidan yetaklay olsa...

04.04.2024, 11:07

Yetakchi o‘zgalarni ham ortidan yetaklay olsa...

O‘zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti tarkibidagi Boshlang‘ich partiya tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari qizg‘in davom etmoqda. Sharof Rashidov tumanidagi “EURO AZIA MOTORS” MCHJda faoliyat olib borayotgan quyi bo‘g‘inda o‘tkazilgan hisobot yig‘ilishi ham tanqidiy tahliliy tarzda o‘tgani bilan alohida ajralib turdi.

25 nafar partiya faollari jamlangan mazkur quyi bo‘g‘inga xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi aʼzosi,   taniqli tadbirkor Akmal Ahmedov yetakchilik qilib kelmoqda.  

BPT safiga tajribali, bilimli, fidoyi maslakdoshlarimiz jamlangani o‘tgan yili mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan siyosiy jarayonlarda ham sezilib turdi. Ular nafaqat o‘z hududlaridagi, balki tumandagi targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida ham faol ishtirok etdilar.

Shuningdek, partiyadoshlarimiz, mahalladagi obodonchilik, bunyodkorlik borasida olib borilayotgan jarayonlarda faollik ko‘rsatibgina qolmay, o‘zgalarni ham o‘z ortlaridan ergashtirishga harakat qilmoqdalar. Bu esa quyi bo‘g‘inning partiyaning haqiqiy tayanch nuqtasiga aylanishiga,  siyosiy kuchning jamoatchilik orasida obro‘si va mavqei oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Quyi bo‘g‘in faoliyatining samaradorligida yetakchiga ayniqsa katta masʼuliyat yuklatilgan. Yetakchi  partiyadoshlarini o‘z ortidan yetaklay olishi, belgilangan vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltira olishi kerak.

Aynan shu xislatlarga ega deputat mazkur quyi bo‘g‘in aʼzolari o‘tgan yili 15 nafar kishining bandligini taʼminlashda, 10 nafardan oshiq xotin -qizlargni kasb-hunarga o‘qitishda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishdi.  Jamiyat qoshida faoliyat olib boruvchi zamonaviy issiqxonada hududda istiqomat qiluvchi aholi uchun “mahorat darslari”, turli xil tadbirlarning muntazam o‘tkazib borilayotgani ham hududda tomorqachilikni rivojlantirishga sabab bo‘lmoqda.

Quyi bo‘g‘in yetakchisi amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida partiyadoshlariga hisobot berar ekan, joriy yilda belgilangan ish rejalariga ham batafsil to‘xtalib o‘tdi.  

Quyi bo‘g‘in aʼzolari bu borada o‘zlarining asosli taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Ular umumlashtirilib, belgilangan rejalar yana-da boyitiladigan bo‘ldi.   

Yig‘ilishda  BPT raisi  hisobotini qoniqarli  deb topgan quyi bo‘g‘in aʼzolari,  uning o‘zini yetakchilikka  qayta saylashdi.

G‘anisher Avalboyev,

O‘zLiDeP Sharof Rashidov tuman

 bo‘limi apparat rahbari

  • Ko'rildi
    37
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+