Kaftdekkina maydondan yiliga 25 milliondan ortiq sof daromad qilish imkoniyati bor

05.04.2024, 13:01

Kaftdekkina maydondan yiliga 25 milliondan ortiq sof daromad qilish imkoniyati bor

O`zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi faollari tashabbusi bilan Arnasoy tumanida “Namunali tomorqachi ayol - farovonlik bunyodkori!” loyihasi  doirasida “Oltin vodiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar uchun navbatdagi “Mahorat darslari” tashkil etildi.

Arnasoy – viloyatdagi eng chekka hududlardan biri hisoblanadi. O’tgan yili  tumanda “Oqqo‘rg‘on tajribasi” asosida qator bunyodkorlik loyihalari amalga oshirildi. Jumladan, hududda tomorqachilikni rivojlantirish masalasiga ham alohida e’tibor qartildi. Bugungi kunda ushbu sa’y -harakatlar o‘z samarsini bera boshladi.

“Oltin vodiy” mahalla fuqaroldar yig‘ini hududidagi 1244 xonadonda 8053 nafar aholi istiqomat qiladi. Ayni damda hududda “Bir mahalla-bir mahsulot” tamoyili asosida pomidorchilikka moslashtirilgan 12 nafar tadbirkor ayol faoliyat olib bormoqda.

Amaliy seminar tarzida tashkil etilgan “Mahorat darsi” davomida  tajribali tomorqachi Dilorom Ayupovaning ish tajribasi o‘rganildi.

Dilorom Ayupova tomorqachilik faoliyati bilan bundan 7 yil oldin shug‘ullanishni boshlagan edi. Dastlab, 1 sotix maydonda  issiqxona qurib, o‘z faoliyatini boshladi. Asta sekin tajriba orttirib, olingan foyda hisobiga faoliyatini kengaytirishga kirishdi. Bugungi kunda opa o‘z issiqxonasida 35-40 mingga yaqin pomidor ko‘chatlari, bulg‘or qalampiri, rayxon va baqlajon ko‘chatlari yetishtirmoqda.

Daromad ham shunga yarasha. Xonadondagi kaftdekkina maydondan yiliga 25 milliondan ortiq sof daromad qilish imkoniyati bor.

Tajribali tomorqachining ish tajribasini o‘rganish uchun jalb qilingan mahalla xotin-qizlari o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javoblar oldilar. Amaliy seminar yakunida Dilorom Ayupova tomonidan  o‘z tomorqalarida pomidor yetishtirish ishtiyoqida bo‘lgan xotin-qizlarga tekin pomidor ko‘chatlari tarqatildi.   

Saida Umaraliyeva,

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

 “Ayollar qanoti” guruhi rahbari

 

 

  • Ko'rildi
    27
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+