Sanoat sohasini rivojlantirishdagi mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi

05.04.2024, 13:06

Sanoat sohasini rivojlantirishdagi mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasida onlayn hamda offlayn shaklida Sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini to‘liq ishga solish hamda mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish malalari muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda deputatlar, partiya faollari va sohaga aloqador tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida “O’zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Jumladan, hududlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish uchun yangi investitsiya loyiha takliflarini ishlab chiqish borasida erishilayotgan natijalar, 2030 yilgacha metallurgiya, elektrotexnika va qurilish materiallari hamda charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish dasturlari ijrosi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Davra suhbati davomida, mamlakatimizda iqtisodiyotning “drayver” tarmoqlari uchun mineral xom-ashyo bazasi zaxiralarini ko‘paytirish borasidagi vazifalar Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi vakillari tomonidan tushuntirib berildi. Shu bilan birga, investitsiya sohasida erishilgan natijalar, mavjud muammolar va ularni yechimi bo‘yicha takliflar ham tinglandi.

  • Ko'rildi
    29
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+