Kichik tomorqadan katta foyda olish mumkinmi?

05.04.2024, 13:19

Kichik tomorqadan katta foyda olish mumkinmi?

Mamlakatimizda keyingi yillarda tomorqa va fermerlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berilayapti. Bu orqali elimiz dasturxonini obod qilib, yurt farovonligi, oilasi to‘kinligi uchun o‘z uyidagi bir parcha yerdan unumli foydalanib, hovlisida daromad olayotganlar bor.

O’zLiDeP Narpay tumani Kengashi tomonidan “Namunali  tomorqachi ayol - farovonlik bunyodkori!” loyihasi doirasida “Tomorqa – daromad manbai” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari Oqoltin mahallasidagi tomorqachi Obid Dovirov va Marhabo Dovirova xonadonida bo‘lishdi.

Uchrashuvda O’zLiDeP viloyat Kengashi raisi, apparat rahabari Ilhom Botirov ishtirokchilarga “O’zbekiston-2030” strategiyasi va “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar hamda tomorqa xo‘jaliklarida mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish orqali aholi daromadini oshirish, ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish borasida batafsil tushunchalar berdi.

Xonadon bekasi Marxabo opa 5 sotix issiqxonada mavsumiy va manzarali 50 dan ortiq gullarni parvarishlab kelmoqda. Marhabo Dovirova yig‘ilganlarga o‘z tomorqasida gul ko‘chatlarini parvarishi va gullarning turlari va mavsumga qanday moslashishi bo‘yicha ma’lumotlar berdi.

Marhabo Chuliyeva,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    27
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+