Jizzaxda “O‘zLiDeP bog‘i” tashkil qilinyapti

07.04.2024, 14:41

Jizzaxda “O‘zLiDeP bog‘i” tashkil qilinyapti

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Qonunchilik palatasidagi fraksiya aʼzolari, mahalliy kengashlar deputatlari, partiyamiz faollari Prezidentimiz tomonidan 2024 yil 29 mart kuni “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish va chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini samarali taʼminlashga katta shijoat bilan kirishdilar.

Keng ko‘lamli bu loyiha doirasida bu yilgi bahorda           mamlakatimizda 125 million tup ko‘chat ekilishi mo‘ljallangan. Ayni kunlarda O‘zLiDeP vakillari barcha mahallalarda, yo‘l bo‘ylarida, korxona va tashkilotlarda, tibbiyot va taʼlim maskanlariga qarashli hududlarda, ko‘cha va xonadonlarda ko‘chat ekish ishlarida faollik ko‘rsatyapti. Respublika bo‘ylab joylarda “O‘zLiDeP bog‘i” barpo qilinyapti.

Xususan, OzLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti ham ushbu tashabbusini ilgari surdi. Jizzax shahri, Amir Temur mahallasi hududida boshlangan ko‘chat ekish jarayonida OzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov, Oliy Majlis Senati aʼzolari Risqul Siddiqov, Nusratilla Pardayev, Xolida Alimova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova, Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi aʼzolari ham faol ishtirok etdilar.

Qalb amri bilan umumishiga hissa qo‘shish istagida ko‘chat ekish jarayonida qatnashgan hasharchilar tomonidan yangi barpo etilayotgan boqqa 1000 tup mevali va manzarali ko‘chat nihollari qadaldi.

Shu o‘rinda liberallar tomonidan yaxshi niyat bilan qadalgan har bir ko‘chatni sug‘orish va parvarishlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanganini alohida taʼkidlab o‘tish joiz.

O‘zLiDeP   Jizzax viloyat

 hududiy partiya tashkiloti

 Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    33
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+