Yoshlarni yot g‘oya va mafkuralar taʼsiridan himoyalash zarur

08.04.2024, 17:02

Yoshlarni yot g‘oya va mafkuralar taʼsiridan himoyalash zarur

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Tadbirda talaba-yoshlarga milliy boyliklarimizni asrash, mafkuraviy xurujlar va ularga  qarshi kurashda nimalarga urg‘u berish zarur ekanligi, bugungi globallashuv davrida yot g‘oya va mafkuralar taʼsiriga tushib qolmaslik, ularga qarshi milliy g‘oya va ezgulikka tayangan holda kurashish kerakligi xususida tushunchalar berib o‘tildi.

O‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvar, sog‘lom va barkamol bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinayotgani eʼtirof etildi. Bu borada partiya ham qator targ‘ibot loyihalarini amalga oshirib kelinayotgani xusususida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda yoshlar ham o‘z takliflarini, fikrlarini bildirib o‘tdilar.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    21
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+