Farg‘onada “O’zLiDeP bog‘i” barpo qilindi

09.04.2024, 20:22

Farg‘onada “O’zLiDeP bog‘i” barpo qilindi

Shu kunlarda yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumi doirasida turli manzarali va mevali ko‘chatlarni ekish jarayonlarida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham faol qatnashmoqda.

Xususan, Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar “Arsif” hududidagi adirlikda “Yashil kelajak” shiori ostida “O’zLiDeP bog‘i” barpo qilindi. Unda O’zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi faollari, Quvasoy shahar va Farg‘ona viloyati Kengashlarining 200 nafardan ortiq faollari uyushqoqlik va shijoat bilan ishtirok etdilar.

Mazkur hududda 3000 tup mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, uning parvarishi bo‘yicha ham mas’uliyatni o‘z zimmalariga oldilar.

- Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan respublika bo‘ylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida partiyamiz faollari ham faol qatnashyapti, - deydi O’zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi raisi R.Kamolov.

 

  • Ko'rildi
    26
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+